fbpx Betguru » «Napoli» Rudi Garsiyani iste’foga chiqardi. Madzarri bosh murabbiy etib tayinlandi
Thursday, 9 May 2024
← Go to the news

«Napoli» Rudi Garsiyani iste’foga chiqardi. Madzarri bosh murabbiy etib tayinlandi

Italiyaning amaldagi chempioni klub bosh murabbiyi Rudi Garsiyani rasman iste’foga chiqardi.

«Napoli» so‘nggi turda o‘z maydonida «Empoli»ga mag‘lubiyatga uchragach, klub rahbariyati Garsiya bilan kelishuvni bekor qilishga qaror qilgan. U o‘tgan mavsum jamoani chempion qilgan Luchano Spaletti o‘rniga iyun oyidan buyon jamoada ishlab kelayotgandi.

Fransiyalik murabbiy o‘rniga Valter Madzarri ish boshladi. Italiyalik 62 yoshli mutaxassis 2009-2013 yillar davomida Neapol klubini boshqargan edi. Madzarri 2022 yilda «Kalyari»dan iste’foga chiqarilgach, hozirgacha ishsiz edi.

Ma’lumot uchun, «Napoli» A Seriyada 12 o‘yinda 6ta g‘alabaga erishib, 4-o‘rinda bormoqda.

image