fbpx Betguru » «MYU» bosh direktori jamoa bilan xayrlashdi. U klubda 16 yil faoliyat olib bordi
Thursday, 9 May 2024
← Go to the news

«MYU» bosh direktori jamoa bilan xayrlashdi. U klubda 16 yil faoliyat olib bordi

«Manchester Yunayted» bosh direktori Richard Arnold klub bilan rasman xayrlashdi.

«Manchester Yunayted» klubi rasmiy sayti bu haqda rasman e’lon qildi. Sky News xabariga ko‘ra, rahbariyatdagi bu o‘zgarish britaniyalik milliarder Jim Retkliffning tez orada «MYU»ning 25% aksiyasiga ega chiqishi bilan bog‘liq.

Arnold 2007 yildan buyon «MYU»da ishlayotgan bo‘lsa-da, faqat so‘nggi ikki yil davomida bosh direktor lavozimida faoliyat yuritdi. Uning o‘rniga bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib Patrik Styuart tayinlangan. U bungacha klubda maslahatchi huquqshunos lavozimida faoliyat yuritgan. «MYU» bosh direktor lavozimiga yangi nomzodlarni qidirishni boshlagan.

image