fbpx Betguru » Modrich: «Drama yasashga hojat yo‘q. Anchelotti qolishga loyiq. U «Real» bilan barcha sovrinlarni yutdi»
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

Modrich: «Drama yasashga hojat yo‘q. Anchelotti qolishga loyiq. U «Real» bilan barcha sovrinlarni yutdi»

Luka Modrich «Real»da Karlo Anchelotti qo‘l ostida o‘ynashda davom etmoqchi.

«Murabbiy qolishga loyiq, bunga shubham yo‘q. U «Real»ga qaytganidan so‘ng barcha turnirlarda g‘olib chiqdi.

O‘tgan mavsum ajoyib bo‘ldi. Bu mavsumda JCH-2022gacha La Ligada juda yaxshi o‘ynadik, ammo keyin istalmagan va kutilmagan mag‘lubiyatlar boshlandi.

Futbol shunday. Ammo, menimcha, Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida bugungacha juda yaxshi harakat qildik. Shu bois murabbiy qolishi kerakligiga shubham yo‘q. U qilgan ishi va erishgan yutuqlari, bu jamoaga o‘z tajribasi bilan olib kelgan sovrinlari uchun qolishga loyiq.

Bugungi mag‘lubiyatdan drama yasashning hojati yo‘q», — dedi «Real» yarimhimoyachisi YeCHL yarimfinalidagi «Manchester Siti»dan 0:4 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng.

image