fbpx Betguru » Messi, Holand, Mbappe – Goal «Oltin to‘p»ga da’vogarlar reytingini yangiladi
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

Messi, Holand, Mbappe – Goal «Oltin to‘p»ga da’vogarlar reytingini yangiladi

Goal nashri «Oltin to‘p-2023»ga da’vogar o‘yinchilar reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, bu boradagi ro‘yxatda hamon «PSJ» forvardi Lionel Messi karvonboshchilik qilmoqda. Erling Holand va Kilian Mbappe avvalgidek uchlikda qolgan.

Qayd etish joiz, joriy top-20 reytingga bu safar Rodrigo («Real»), Leau («Milan») va Lautaro («Inter») singari o‘yinchilar qo‘shildi.

Top-20lik ro‘yxatdan quyidagi o‘yinchilar joy olgan:

  1. Lionel Messi («PSJ», avvalgi o‘rnida qoldi);
  2. Erling Holand («Manchester Siti», avvalgi o‘rnida qoldi);
  3. Kilian Mbappe («PSJ», avvalgi o‘rnida qoldi);
  4. Vinisius Junior («Real», avvalgi o‘rnida qoldi);
  5. Karim Benzema («Real», avvalgi o‘rnida qoldi);
  6. Viktor Osimhen («Napoli», avvalgi o‘rnida qoldi);
  7. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», o‘tgan oyda – 8-o‘rin);
  8. Xvicha Kvaratsxeliya («Napoli», o‘tgan oyda – 7);
  9. Robert Levandovski («Barselona», o‘tgan oyda – 10);
  10. Markus Reshford («Manchester Yunayted», o‘tgan oyda – 9);
  11. Rodrigo («Real», ro‘yxatga qo‘shildi);
  12. Xulian Alvares («Manchester Siti», o‘tgan oyda – 15);
  13. Bukayo Saka («Arsenal», avvalgi o‘rnida qoldi);
  14. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted», o‘tgan oyda – 12);
  15. Rafael Leau («Milan», ro‘yxatga qo‘shildi);
  16. Nikolo Barella («Inter», o‘tgan oyda – 14);
  17. Kazemiro («Manchester Yunayted», o‘tgan oyda – 11);
  18. Martin Edegor («Arsenal», o‘tgan oyda – 19);
  19. Mayk Menyan («Milan», o‘tgan oyda – 18);
  20. Lautaro Martines («Inter», ro‘yxatda yangi).
image