fbpx Betguru » Messi 8-marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi – Diario Sport
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

Messi 8-marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi – Diario Sport

Ispan matbuotida xabar qilinishicha, «Oltin to‘p»ning 2023 yilgi sohibi nomi ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, Lionel Messi faoliyatida 8-marta «Oltin to‘p»ga ega chiqadi. Qayd etilishicha, «France Football» jurnali tomonidan topshiriladigan sovrinning yangi egasini aniqlashda JCH-2022 muhim rol o‘ynagan va mundial g‘olibi bo‘lmish Messi sovrinni qabul qilib oladi. Ma’lumot uchun, o‘tgan yil sovrin Qatardagi jahon chempionatiga qadar topshirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019 va 2021 yilda ham «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot o‘rnida, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 30 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

image