fbpx Betguru » Manba: Saudiyada 500 mln yevro maosh yoki «Barsa»ga qaytish? Messi may oyida qaror qabul qiladi
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

Manba: Saudiyada 500 mln yevro maosh yoki «Barsa»ga qaytish? Messi may oyida qaror qabul qiladi

Lionel Messiga Saudiya Arabistonida 500 mln yevrodan ortiq maoshli shartnoma taklif qilinmoqda.

Cadena SER’ning xabar berishicha, Osiyodagi fantastik maoshga qaramay, argentinalik hujumchi «Barselona»ga qaytishi mumkin.

«Messining qaytishi mumkinligiga ishonaman, garchi saudiyaliklar taklifni oshirgan bo‘lsa-da. Parijdagi tajriba Leo uchun ijobiy emas edi. Krishtianu Saudiya Arabistonida nimalarni boshidan kechirayotganini, u yerda unga qanchalik og‘ir ekanini hamma ko‘rib turibdi.

Messi har doim «Barselona»ga qaytishni istashini va bu omil katta ahamiyatga ega ekanligini aytib keladi. Qaror may oyida qabul qilinadi.

Barcha tomonlar (futbolchi, «Barsa» va La Liga) buni xohlaydi», — dedi manba jurnalisti Jaume Rores.

35 yoshli futbolchi bu mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlar doirasida 38ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 19ta golli uzatmani amalga oshirdi.

image