fbpx Betguru » Manba: «Al Hilol» Messiga 1,2 mlrd yevro bermoqchi. Futbolchida APLdan ham taklif bor
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

Manba: «Al Hilol» Messiga 1,2 mlrd yevro bermoqchi. Futbolchida APLdan ham taklif bor

Lionel Messi «Al Hilol»ga o‘tishni o‘ylamoqda.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, «PSJ» hujumchisi «Barselona» hamda Saudiya Arabistoni klubidan birini tanlamoqchi va hozir unga ikkinchi variant ko‘proq ma’qul kelmoqda.

Manbaga ko‘ra, Ar Riyod jamoasi argentinalik futbolchiga 2 yilga 1,2 mlrd yevrolik shartnoma taklif qildi.

Yiliga 600 mln yevro bilan Messi eng ko‘p maosh oluvchi sportchiga aylanadi. Lionelning otasi va uning vakili bo‘lgan akasi futbol tarixidagi eng katta komissiya pulini oladi.

Ta’kidlanishicha, Xorxe Messi allaqachon taklifni qabul qilgan. Futbolchi esa hamon «Barselona» yaqin vaqt ichida taklif yuborishiga umid qilmoqda.

Ole’ning yozishicha, 35 yoshli hujumchi bilan «Inter Mayami» va yevrokuboklarda ishtirok etuvchi APL klubi ham shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

Avvalroq Leo kelajagi borasidagi qarorni kechiktirmoqchi emasligi haqida xabar berilgandi.

image