fbpx Betguru » Loris 11 yillik faoliyatidan keyin «Tottenhem»ni tark etadi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Loris 11 yillik faoliyatidan keyin «Tottenhem»ni tark etadi

Jarohati sababli mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan fransiyalik darvozabon Ugo Loris «Tottenhem» bilan xayrlashmoqchi.

L’Équipe xabariga ko‘ra, London klubi sharafini 11 yil davomida himoya qilgan tajribali posbon mavsum yakunida klub bilan xayrlashishga qaror qilgan. Ugoning amaldagi kelishuvi 2024 yilga qadar imzolangan bo‘lsa ham, klub uning ketishiga qarshilik qilmoqchi emas.

Qayd etilishicha, Loris Qatarda o‘tgan JCH-2022 finalida Argentinaga penaltilar seriyasida uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ruhan ezilgan. U finaldan bir hafta o‘tmay, Antonio Konte tomonidan klubga chaqirib olingandi. 36 yoshli darvozabon faoliyatini yakunlash borasida hali aniq to‘xtamga kelgani yo‘q.

Avvalroq, Loris Saudiya Arabistoni klubidan yillik 12 million yevro maoshli taklif olgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Ugo may oyi boshida jarohat olib, mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan edi.

image