fbpx Betguru » Lionel Messi JCH—2026 da ishtirok etmasligini ma’lum qildi
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

Lionel Messi JCH—2026 da ishtirok etmasligini ma’lum qildi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon Chempionatida ishtirok etish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

“Menimcha, yo‘q. Qatardagi mundial men uchun so‘nggisi edi. Vaziyatga qarayman, lekin hozirda keyingi Jahon Chempionatida ishtirok etish istagim yo‘q.

“Oltin to‘p”? Hozir faoliyatimning shunday bosqichidaman: agar uni qo‘lga kirita olmasam, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q.

Bu muhim emas. Har doim menga individual sovrinlardan ko‘ra, jamoaviylari muhimligini ta’kidlaganman. Hozirgi kunda men uchun eng muhimi — Jahon Chempionati kubogi”, — deydi Lionel Messi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina terma jamoasi bilan birga Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida g‘oliblikka erishgan.

Qayd etib o‘tish joiz, Leo “PSJ”dagi ikki yillik faoliyatidan so‘ng “Inter Mayami” safiga o‘tdi.

image