fbpx Betguru » Lionel Messi — 8 karra «Oltin to‘p» sohibi
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

Lionel Messi — 8 karra «Oltin to‘p» sohibi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2023 yilgi «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritdi.

Argentinalik 36 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda jahon chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Shuningdek, Leo «PSJ» safida Liga 1da chempion bo‘ldi, Mayami klubi bilan MLS Liga Kubogida g‘olib chiqdi.

Shu tariqa Messi faoliyatida 8-bor jahonning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Bu — rekord.

Top-5dan «Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand (2), «PSJ»ning fransiyalik vingeri Kilian Mbappe (3), «Manchester Siti»ning belgiyalik havbeki Kevin de Bryuyne (4) va ispaniyalik tayanch yarimhimoyachisi Rodri (5) ham o‘rin oldi.

image