fbpx Betguru » Libertadores Kubogining ikki karra g‘olibi «Al Ittihod»ni boshqaradi
Friday, 17 May 2024
← Go to the news

Libertadores Kubogining ikki karra g‘olibi «Al Ittihod»ni boshqaradi

«Al Ittihod» yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi.

Jidda jamoasini Marselo Galyardo boshqaradi, deb xabar bermoqda TyC Sports.

47 yoshli mutaxassis Saudiya klubi bilan «1,5+1,5» ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.

«Al Ittihod» safida Karim Benzema, Fabino va Ngolo Kante kabi yulduzlar o‘ynaydi. 8 noyabr kuni bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu ishdan bo‘shatilgandi.

Klub Saudiya Arabistoni chempionatida 13-turdan keyin 24 ochko jamg‘arib, 5-o‘rinni egallab turibdi.

Galyardo 2014 yildan 2022 yilgacha «River Pleyt»ni boshqargan va jamoa bilan ikki bor Libertadores Kubogini qo‘lga kiritgan.

image