fbpx Betguru » Lempard: «Manchester Siti» – jahonning ayni damdagi eng yaxshi jamoasi»
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

Lempard: «Manchester Siti» – jahonning ayni damdagi eng yaxshi jamoasi»

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldidan Gvardiola ustozligidagi klubni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb atadi.

«Manchester Siti»ni tarixdagi buyuk jamoalardan biri deya atab bo‘ladimi yoki yo‘q, buni bilmayman, ammo ular uzoq vaqtdan buyon fantastik o‘yin namoyish etib kelishmoqda.

«Siti»ning barqaror natijalarini e’tirof etish joiz. Bu borada ular buyuk jamoalarga yaqinlashishmoqda. «Man Siti»ning hozirda qanday formada ekanligidan kelib chiqsak, ularga qarshi har qanday raqib qiyin ahvolga tushishi mumkin.

Fikrimcha, «Manchester Siti» – jahonning ayni damdagi eng yaxshi jamoasi», – deydi Frenk Lempard.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» – «Chelsi» o‘yini 21 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. O‘yindagi g‘alaba Manchester klubiga chempionlikni taqdim etadi.

image