fbpx Betguru » La Liga. «Real» «Sevilya» bilan durang qayd etdi va boshqa natijalar
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» «Sevilya» bilan durang qayd etdi va boshqa natijalar

La Liga 10-turi doirasida uchta uchrashuv yakuniga yetdi.

Markaziy o‘yinda «Real» safarda «Sevilya» mehmoni bo‘lib, ochko yo‘qotdi. 74-daqiqada Alaba o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan bo‘lsa, 78-daqiqada Karvaxal jamoasiga durang keltirgan gol muallifiga aylandi – 1:1. Shu kuni Serxio Ramos sobiq klubiga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda o‘tkazdi.

Shu tariqa, Madrid klubi 25 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, Andalusiya jamoasi esa 9 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

La Liga. 10-tur

Sevilya – Real Madrid 1:1
Gollar: 1:0 – 74, avtogol Alaba, 1:1 – 78 Karvaxal.
Sevilya – Nyuland, Navas, Ramos, Gudel (Bade, 77), Akunya, Rakitich, Sou, Sumare, Okampos, Lukebakio (Suso, 67), En-Nesiri.
Real Madrid – Arrisabalaga, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Mendi, Fran Garsiya, Valverde (Modrich, 67), Braim Dias, Kroos, Tchuameni (Kamavinga, 67), Bellingem, Vinisius Junior, Rodrigo (Xoselu, 79).

Real Sosedad – Malorka 1:0
Gol: 1:0 – 64 Mendes.
Real Sosedad – Remiro, Elustondo (Traore, 60), Subeldiya (Le Norman, 70), Pacheko, Munos, Mendes, Zaxaryan (Barrenechea, 46), Merino, Subimendi, Oyarsabal (Sadik, 84), Fernandes (Kubo, 60).
Malorka – Raykovich, Gonsales, Nastasich, Valent, Kopete (Morlanes, 70), Toni Lato (Kosta, 69), Dani Rodriges (Lyabres, 86), Sanches (Ndiaye, 74), Samu Koshta, Larin (Prats, 73), Muriki.

Xetafe – Betis 1:1
Gollar: 0:1 – 1 Roka, 1:1 – 17 Mayoral.
Xetafe – Soriya, Karmona, Suares (Iglesias, 55), Mitrovich (Alenya, 64), Alvares, Riko, Maksimovich, Arambarri (Alderete, 46), Grinvud (Oskar Rodriges, 78), Mayoral, Mata (Latasa, 64).
Betis – Bravo, Belerin, Pesselya (Vilyam Karvalyu, 60), Riad, Miranda, Guardado (Visus, 60), Isko, Roka, Rodri (Ezzalzuli, 72), Diao (Luis Enrike, 72), Iglesias.

image