fbpx Betguru » La Liga. «Real» Madridda «Rayo Valekano»ni mag‘lub eta olmadi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» Madridda «Rayo Valekano»ni mag‘lub eta olmadi

La Liga 12-turi doirasidagi yakshanba kungi so‘nggi uchrashuv yakuniga yetdi.

«Real» o‘z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qilib, durang qayd etdi – 0:0.

Shu tariqa, Madrid klubi 29 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi va 3-o‘rindagi «Barsa» bilan farq yana ikki ochkoga yetdi. «Jirona» esa 31 ochko bilan peshqadamlikda qoldi. «Rayo» 18 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

La Liga. 12-tur

Real Madrid – Rayo Valekano 0:0

Real Madrid – Arrisabalaga, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Fran Garsiya (Kroos, 72), Modrich (Rodrigo, 70), Valverde, Kamavinga (Nacho, 85), Bellinghem, Vinisius Junior, Xoselu.

Rayo Valekano – Dimitriyevski, Ratsiu, Lejen, Mumin, Espino, Palason (De Frutos, 86), Garsiya (Bebe, 75), Unai Lopes (Trexo, 60), Siss (Kike Peres, 61), Oskar Valentin, de Tomas (Falkao, 75).

Ogohlantirishlar: Ratsiu (45), Siss (57), Kamavinga (62), Vinisius Junior (74), Trexo (88), Dimitriyevski (90), Ryudiger (90), Lejen (90).

image