fbpx Betguru » La Liga. «Real» «Jirona»ni yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamga aylandi va boshqa natijalar
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» «Jirona»ni yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamga aylandi va boshqa natijalar

La Liga 8-turi doirasidagi uchta o‘yin yakuniga yetdi.

Turning markaziy bahsida «Real» turnir peshqadami bo‘lib turgan «Jirona»ga qarshi bahsda Kataloniyada mehmon bo‘ldi. O‘yinda Karlo Anchelotti shogirdlari Xoselu, Tchuameni va Bellinghemning goli evaziga «Jirona»ni yirik hisobda taslim etishdi – 3:0. Bu bahs mezbonlar uchun La Ligada mavsumdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

«Vilyarreal» «Xetafe» maydonida durang qayd etdi, «Rayo Valekano» «Malorka» bilan durang o‘ynadi.

Shu tariqa, «Real» 21 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarildi. «Barsa» 20 ochko bilan 2-o‘rinda, «Jirona» 19 ochko bilan 3-o‘ringa tushdi.

La Liga. 8-tur

Jirona – Real Madrid 0:3
Gollar: 0:1 – 17 Xoselu, 0:2 – 21 Tchuameni, 0:3 – 71 Bellinghem.
Jirona – Gassaniga, Yan Kouto, Blind, Erik Garsiya, Migel Guterres, David Lopes (Portu, 60), Aleish Garsiya, Errera, Sыgankov (Fernandes, 46), Dovbik (Stuani, 60), Savio (Torre, 79).
Real Madrid – Arrisabalaga, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Kamavinga, Kroos, Valverde, Tchuameni, Bellinghem (Sebalos, 74), Vinisius Junior (Rodrigo, 68), Xoselu.

Xetafe – Vilyarreal 0:0
Xetafe – Soriya, Suares (Anxileri, 82), Djene, Mitrovich, Alvares, Riko (Alenya, 82), Oskar Rodriges (Grinvud, 46), Maksimovich, Arambarri, Mata (Latasa, 46), Mayoral (Losano, 82).
Vilyarreal – Yorgensen, Foyt (Terrats, 73), Albiol, Gabbiya, Pedrasa (Alberto Moreno, 46), Pino (Mandi, 83), Kapu, Parexo, Aleks Baena, Morales (Femeniya, 46), Serlot (Brereton, 61).
Chetlatish: Aleks Baena (23).

Rayo Valekano – Malorka 2:2
Gollar: 1:0 – 4 Garsiya, 1:1 – 44 Muriki, 1:2 – 59 Sanches, 2:2 – 90, penalti Falkao.
Rayo Valekano – Dimitriyevski, Baliu, Lejen, Aridane (De Frutos, 71), Espino (Falkao, 80), Garsiya, Unai Lopes (Trexo, 60), Palason, Kike Peres (Oskar Valentin, 60), Siss, Kamelo (de Tomas, 60).
Malorka – Raykovich, Gonsales, Nastasich, Valent, Kosta (Toni Lato, 12), Sanches (Maskarel, 64), Dani Rodriges, Darder (Morlanes, 85), Samu Koshta, Prats (Ndiaye, 64), Muriki.

image