fbpx Betguru » La Liga. «Real» Bellinghemning dubli evaziga 90+2-daqiqada El-klasikoda kambek ko‘rsatdi
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» Bellinghemning dubli evaziga 90+2-daqiqada El-klasikoda kambek ko‘rsatdi

La Liga 11-turining markaziy o‘yini Kataloniyada bo‘lib o‘tdi. Mavsumdagi ilk El-klasiko dramatik tarzda o‘tdi.

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi o‘yinda Gundo‘g‘an 6-daqiqadayoq hisobni ochib, El-klasikodagi debyutidayoq o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 68-daqiqasida esa madridliklarning yangi yetakchisiga aylangan Bellinghem katta sahnaga chiqib, uzoq masofadan supergol muallifiga aylandi – 1:1.

El-klasiko murosa ko‘chasi bilan yakunlanishiga soniyalar qolganida Bellinghem qahramonga aylandi va Madrid jamoasining kambeki muallifiga aylandi. U El-klasikodagi debyutida dubl qayd etdi – 2:1.

Shu tariqa, «Real» 28 ochko bilan peshqadamga aylandi, «Barselona» 24 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «Jirona» 28 ochko bilan 2-o‘rinda.

La Liga. 11tur.

Barselona – Real Madrid 1:2

Gollar: 1:0 – 6 Gundo‘g‘an, 1:1 – 68 Bellinghem, 68, 90+2.

Barselona – ter Stegen, Joau Kanselu (Yamal, 77), Martines, Kristensen, Arauxo, Balde, Gundo‘g‘an, Gavi, Lopes (Romeu, 72), Joau Feliks (Rafinya, 77), Ferran Torres (Levandovski, 61).

Real Madrid – Arrisabalaga, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Mendi (Kamavinga, 52), Kroos (Modrich, 63), Valverde, Tchuameni, Bellinghem, Vinisius Junior, Rodrigo (Xoselu, 63).

Ogohlantirishlar: Lopes (17), Ferran Torres (45), Karvaxal (61).

image