fbpx Betguru » La Liga. «Jirona» gollarga boy derbida «Barsa»ni mag‘lub etib, yakkapeshqadamga aylandi
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Jirona» gollarga boy derbida «Barsa»ni mag‘lub etib, yakkapeshqadamga aylandi

Ispaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda — Kataloniya derbisida «Jirona» safarda «Barselona»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Dovbik, Guterres, Valeri va Stuanining gollariga Levandovski hamda Gundo‘g‘an javob berishdi.

Bu «Jirona»ning «Barsa» ustidan ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Mishel jamoasi ochkolarini 41taga yetkazib, «Real»ni (39) ortda qoldirgan holda peshqadamga aylandi. «Barsa» 34 ochko bilan 4-pog‘onada qoldi.

La Liga. 16-tur
Barselona — Jirona 2:4
10 dekabr, «Olimpiko»
Gollar: Levandovski (19), Gundo‘g‘an (90+2) — Dovbik (12), Guterres (40), Valeri (80), Stuani (90+5).
Barselona – Penya, Kunde, Kristensen (Balde, 65), Arauxo, Kanselu, Gundo‘g‘an, de Yong, Pedri (Lopes, 80), Rafinya (Torres, 65), Feliks (Yamal, 65), Levandovski.
Jirona – Gassaniga, Kouto (Valeri, 78), Blind, David Lopes, Erik Garsiya, Guterres, Aleish Garsiya, Martin (Solis, 87), Sigankov (Portu, 78), Savio, Dovbik (Stuani, 73).
Ogohlantirishlar: Blind (64), Stuani (90+6), Arauxo (90+8).

image