fbpx Betguru » La Liga. Benzema «Real»dagi so‘nggi o‘yinda jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, «Atletiko» so‘nggi daqiqalarda 2-o‘rinni qo‘ldan chiqardi va boshqa natijalar
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

La Liga. Benzema «Real»dagi so‘nggi o‘yinda jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, «Atletiko» so‘nggi daqiqalarda 2-o‘rinni qo‘ldan chiqardi va boshqa natijalar

La Ligada so‘nggi 38-tur bahslari o‘tkazilmoqda.

«Real» Karim Benzemaning xayrlashuv o‘yinida Madridda «Atletik»ni mag‘lub eta olmadi. Karim Benzema 72-daqiqada penaltidan gol kiritib, yakunda jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 1:1. U «Santyago Bernabeu» bilan 74-daqiqada qarsaklar ostida xayrlashdi.

«Atletiko» esa safarda «Vilyarreal» bilan bahsda 90+2-daqiqada gol o‘tkazib yuborib, durang qayd etdi – 2:2. Mezbonlardan Xorxe Paskualning so‘nggi soniyalardagi goli «Atletiko»ni 2-o‘rindan mahrum etdi.

Shu tariqa, «Real» 78 ochko bilan 2-o‘rin, «Atletiko» esa 77 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi.

La Liga. 38-tur

Real Madrid – Atletik 1:1
Gollar: 0:1 – 49 Sanset, 1:1 – 72, penalti Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Ryudiger, Kroos, Sebalos (Asensio, 58), Kamavinga (Tchuameni, 58), Vinisius Junior, Rodrigo, Benzema (Modrich, 74).
Atletik – Unai Simon, De Markos, Vivian, Paredes, Berchiche, Errera (Sarraga, 64), Vesga (Vensedor, 67), Sanset (Muniain, 77), Uilyams (Berenger, 64), Uilyams, Guruseta (Raul Garsiya, 77).

Real Sosedad – Sevilya 2:1
Gollar: 1:0 – 27 Mendes, 2:0 – 73 Cho, 2:1 – 77 Lamela.
Real Sosedad – Remiro, Gorosabel, Subeldiya, Pacheko, Riko, Kubo (Cho, 72), Ilyarramendi (Oyarsabal, 61), Mendes, Subimendi (Merino, 61), Serlot (Fernandes, 75), Barrenechea (Gevara, 62).
Sevilya – Dmitrovich, Montel (Navas, 9), Bade, Gudel (Nyanzu, 46), Ormigo (Telles, 46), Gomes (Korona, 69), Lamela, Oliver Torres, Guye, Bueno (Suso, 60), Rafa Mir.

Malorka – Rayo Valekano 2:0
Gollar: 1:0 – 50 Muriki, 2:0 – 71 Kopete.
Malorka – Roman, Maffeo (Gonsales, 86), Railo, Valent, Kopete, Kosta, Dani Rodriges, Ruis de Galarreta (Baba, 77), Morlanes (Anxel Rodriges, 69), Li Kan In (Sanches, 85), Muriki (Prats, 77).
Rayo Valekano – Dimitriyevski (Diyego Lopes, 85), Baliu (Salvi Sanches, 73), Mumin, Katena, Fran Garsiya, Chavarriya (Kamelo, 65), Garsiya, Komesanya, Oskar Valentin (Suares, 85), Palason, de Tomas (Falkao, 73).

Vilyarreal – Atletiko 2:2
Gollar: 1:0 – 9 Jekson, 1:1 – 18 Korrea, 1:2 – 56 Korrea, 2:2 – 90+2 Xorxe Paskual
Vilyarreal – Yorgensen, Femeniya (Kuenka, 46), Mandi (Moxika, 85), Pau Torres, Alberto Moreno (Paskual, 85), Kapu, Parexo, Trigeros (Lo Chelso, 66), Pino, Chukvueze (Aleks Baena, 66), Jekson.
Atletiko – Grbich (Gomis, 85), Molina, Savich, Ermoso, Vitsel, Regilon (Morata, 84), Koke, Saul, Barrios, Grizmann, Korrea (Lemar, 85).
Chetlatish: Vitsel (70).

Osasuna – Jirona 2:1
Gollar: 1:0 – 52 Budimir, 2:0 – 55 Budimir, 2:1 – 75 Reyner.
Osasuna – Fernandes, Penya, Aridane, David Garsiya (Xuan Krus, 6), Sanches, Torro, Monkayola (Ibanes, 85), Oros, Barxa (Ruben Garsiya, 69), Ez Abde (Moyses Gomes, 85), Budimir (Chimi Avila, 69).
Jirona – Gassaniga, Martines, David Lopes, Espinosa (Yan Kouto, 64), Migel Guterres (Xavi, 85), Rikelme (Stuani, 59), Romeu, Errera (Aleish Garsiya, 59), Martin, Sыgankov, Kastelyanos (Reyner, 65).

image