fbpx Betguru » La Liga. «Barsa» Ramosning avtogoli evaziga «Sevilya»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Barsa» Ramosning avtogoli evaziga «Sevilya»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Kataloniyadagi «Barselona» – «Sevilya» o‘yini bilan La Liga 8-tur bahslariga start berildi.

Uchrashuv taqdirini mehmonlar himoyachisi Serxio Ramosning avtogoli hal qildi. Ispaniyalik 37 yoshli futbolchi 16 yoshli Lamin Yamalning uzatmasidan keyin to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi – 0:1.

Shu tariqa, «Barsa» muhim o‘yinda g‘alabaga erishib, 20 ochko bilan hozircha 1-o‘ringa ko‘tarildi. «Sevilya» esa 7 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

La Liga. 8-tur

Barselona – Sevilya 1:0

Gol: 1:0 – 76, avtogol Ramos.

Barselona – ter Stegen, Joau Kanselu, Kristensen, Kunde, Balde, Gyundogan, Gavi, Rafinya (Lopes, 37), Joau Feliks (Ferran Torres, 71), Yamal (Romeu, 82), Levandovski.

Sevilya – Nyuland, Ramos, Bade, Pedrosa (Suso, 82), Rakitich, Lamela (Mariano Dias, 75), Okampos, Jordan, Sou (Fernando, 66), Xuanlu Sanches (Navas, 82), Lukebakio (Akunya, 75).

Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (45), Xuanlu Sanches (50), Lamela (52)

image