fbpx Betguru » La Liga. «Atletiko» Grizmanning het-triki evaziga «Selta»ni yirik hisobda mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Atletiko» Grizmanning het-triki evaziga «Selta»ni yirik hisobda mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

La Liga 10-turi doirasida «Atletiko» yirik hisobda zafar quchdi.

Simeone shogirdlari safarda «Selta» darvozasiga javobsiz uchta gol urishdi, Grizmann het-trik qayd etdi.

Shu tariqa, Madrid klubi 22 ochko bilan hozircha 2-o‘ringa ko‘tarildi.

La Liga. 10-tur

Selta – Atletiko 0:3

Gollar: 0:1 – 29, penalti Grizmann, 0:2 – 64 Grizmann, 0:3 – 70 Grizmann.

Selta – Vilyar, Vaskes (Guaita, 28), Starfelt, Nunes, Sanches, Mingesa, De La Torre (Dotor, 81), Beltran (Sotelo, 61), Bamba, Aspas (Duvikas, 61), Larsen (Rodriges, 81).

Atletiko – Oblak, Aspilikueta, Ermoso, Vitsel, Lorente (Korrea, 57), Koke, Saul (De Pol, 57), Barrios (Rikelme, 46), Grizmann (Suyunjyu, 76), Morata, Lino (Molina, 46).

Chetlatish: Vilyar (25).

image