fbpx Betguru » La Liga. «Atletik» «Vilyarreal»ni mag‘lub etib 5-o‘ringa ko‘tarildi, «Valensiya» va «Alaves»da ham g‘alaba
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

La Liga. «Atletik» «Vilyarreal»ni mag‘lub etib 5-o‘ringa ko‘tarildi, «Valensiya» va «Alaves»da ham g‘alaba

La Liga 12-turi doirasidagi navbatdagi o‘yinlar yakuniga yetdi.

«Valensiya» va «Alaves» o‘z o‘yinlarida minimal hisobdagi g‘alaba bilan hisoblariga uch ochkodan yozib qo‘yishdi.

«Atletik» esa «Vilyarreal»ni safarda mag‘lub etib, 21 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

La Liga. 12-tur

Alaves – Almeriya 1:0

Gol: 1:0 – 79 Sedlar.

Alaves – Sivera, Gorosabel (Tenalya, 83), Sedlar (Marin, 90), Abkar, Xavi Lopes, Guridi, Xadji (Rebbash, 68), Antonio Blanko, Gevara, Rioxa (Sola, 83), Kike Garsiya (Omorodion, 68).

Almeriya – Luish Mashimianu, Mendes, Edgar Gonsales, Chumi, Akeme, Melero (Embarba, 46), Robertone (Baba, 71), Puchmal (Arribas, 46), Lopi, Ramazani (Sanka, 87), Baptistao (Milovanovich, 71).

Valensiya – Granada 1:0

Gol: 1:0 – 45, penalti Pepelu.

Valensiya – Mamardashvili, Terri Korreyya, Gabriel Paulista, Moskera (Gasorovski, 90), Gayya, Fransisko Peres, Amalla (Kanos, 24; Fulke, 73), Pepelu (Yaremchuk, 89), Gerra, Duro (Gilyamon, 73), Diyego Lopes.

Granada – Andre Ferreyra, Rikard Sanches (Manafa, 82), Mikel, Torrente, Neva (Alvaro Fernandes, 73), Gumbau (Ruis, 73), Vilyar, Saragosa, Melendo (Puertas, 73), Uzuni (Kalexon, 82), Boye.

Vilyarreal – Atletik 2:3

Gollar: 0:1 – 2 Ruis de Galarreta, 0:2 – 22 Uilyams, 0:3 – 30 Uilyams, 1:3 – 86 Jerar Moreno, 2:3 – 87 Serlot.

Vilyarreal – Yorgensen, Altimira (Femeniya, 65), Albiol, Gabbiya (Mandi, 46), Romero (Alberto Moreno, 46), Aleks Baena, Kapu, Parexo (Terrats, 64), Axomash (Paskual, 77), Jerar Moreno, Serlot.

Atletik – Unai Simon, De Markos, Vivian, Paredes, Lekue, Ruis de Galarreta (Dani Garsiya, 76), Vesga, Sanset (Muniain, 86), Uilyams (Gomes, 76), Uilyams (Vilyalibre, 86), Guruseta (Berenger, 67).

image