fbpx Betguru » Klopp derbidagi g‘alabadan so‘ng: «1-bo‘limni 3:0 hisobida yutsak bo‘lardi»
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Klopp derbidagi g‘alabadan so‘ng: «1-bo‘limni 3:0 hisobida yutsak bo‘lardi»

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 9-turidan o‘rin olgan «Everton»ga (2:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yin menga juda yoqdi. Bu — derbi, har xil holatlarni hisobga olish kerak. Agar birinchi bo‘limda so‘nggi uzatmalarni yaxshiroq berganimizda, 3:0 bilan tanaffusga chiqardik. Ammo buni uddalay olmadik.

Raqiblarga o‘zlari kutganini qilishga imkon bermadik. Yakkakurashlarda toza g‘alaba qozondik. Lekin qiyin bo‘ldi, chunki ular bizning kuchli tomonlarimizga moslashishdi.

Qizil kartochka katta ta’sir ko‘rsatdi («Everton» himoyachisi Eshli Yang 37-daqiqada chetlatildi). Hotirjam bo‘lib, ko‘pchilikda o‘ynaganimizga e’tibor bermasligimizni istardim. Keyin penalti sodir bo‘ldi.

Konate? Ha, uni chetlatishlari mumkin edi. (hakam Kreyg Pouson 64-daqiqada qo‘pollik ishlatgan himoyachiga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatmadi). O‘shandan boshlab xavfsiz va zich o‘ynadik»,

image