fbpx Betguru » JCH U-20. Argentina turnirni tark etdi, Italiya Angliyani chiqarib yubordi, Braziliya va Kolumbiyada yirik g‘alaba
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

JCH U-20. Argentina turnirni tark etdi, Italiya Angliyani chiqarib yubordi, Braziliya va Kolumbiyada yirik g‘alaba

Argentinada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1/8 final bahslari davom ettirildi.

Mezbonlar Nigeriyaga yutqazib, turnirni tark etishdi. Italiya Angliyadan ustun keldi. Braziliya Tunisni, Kolumbiya Slovakiyani yirik hisobda yengdi.

JCH U-20. 1/8 final. 31 may
Argentina — Nigeriya 0:2
Gollar: Muhammad (61), Sarki (90+1).

Angliya — Italiya 1:2
Gollar: Devayn (24) — Baldanzi (8), Kazadei (87, penalti).

Braziliya — Tunis 4:1
Gollar: Leonardo (11, penalti), Santos (14, 90+10), Martins (90+1) — Gorbel (90+13).

Kolumbiya — Slovakiya 5:1
Gollar: Kortes (48, 90+4), Asprilla (50), Guerres (52, 63) — Yambor (87).

image