fbpx Betguru » JCH U-20. 1/4 finalning barcha ishtirokchilari va juftliklari ma’lum
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

JCH U-20. 1/4 finalning barcha ishtirokchilari va juftliklari ma’lum

Argentinada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1/8 finalning so‘nggi ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreya gollarga boy bahsda Ekvadorni mag‘lub etgan bo‘lsa, Urugvay Gambiyadan minimal hisobda ustun keldi.

Shu tariqa turnirda 1/4 final juftliklari ma’lum bo‘ldi:
3 iyun
Isroil — Braziliya
Kolumbiya — Italiya
4 iyun
Janubiy Koreya — Nigeriya
AQSH — Urugvay

JCH U-20. 1/8 final. 1 iyun
Gambiya — Urugvay 0:1
Gol: Duarte (65).

Ekvador — Janubiy Koreya 2:3
Gollar: Kuyero (36, penalti), Gonsales (84) — Li Yon Jun (11), Baye Jun Hu (19), Seok Hyun Chol (48).

image