fbpx Betguru » JCH-2026 saralashi. Eron Hongkongni yirik hisobda mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi
Tuesday, 14 May 2024
← Go to the news

JCH-2026 saralashi. Eron Hongkongni yirik hisobda mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi

JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralashi 2-bosqich 1-turi doirasida O‘zbekiston joy olgan «E» guruhidagi ikkinchi o‘yinda Eron Hongkongni qabul qildi.

«Ozodi» stadionida kechgan uchrashuvning 12 va 15-daqiqasida Sardor Ozmun dublini rasmiylashtirgan bo‘lsa, 87-daqiqada Mehdi Toremiy forslarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. 90+2-daqiqada esa Ramin Rizoyon yakuniy hisobni o‘rnatdi – 4:0.

Shu tariqa, Eron 1-turdan keyin to‘plar nisbatiga ko‘ra 3 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi, O‘zbekiston 2-o‘rinda bormoqda. Eron 2-turda 21 noyabr kuni Toshkentda mehmon bo‘ladi.

JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralashi.

1-tur. E guruhi

Eron – Hongkong – 4:0

Gollar: Sardor Ozmun 12, 15, Mehdi Toremiy 87, Ramin Rizoyon 90+2

image