fbpx Betguru » JCH-2026 saralash bosqichi. O‘zbekiston milliy jamoasining guruhdagi 3-raqibi nomi ma’lum bo‘ldi
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

JCH-2026 saralash bosqichi. O‘zbekiston milliy jamoasining guruhdagi 3-raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Bugun, 17 oktyabr kuni Osiyo qit’asida JCH-2026 birinchi saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Butan milliy jamoasi o‘z maydonida Hongkongga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa-da, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:4 hisobda mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, Hongkong milliy jamoasi 1-saralash bosqichida g‘olibi sifatida 2-saralash bosqichiga yo‘llanma oldi va «E» guruhidagi 4-jamoaga aylandi. Ushbu guruhda Eron, O‘zbekiston va Turkmaniston joy olgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 2-saralash bosqich guruh o‘yinlarini 16 noyabr kuni Turkmanistonga qarshi safardagi bahs bilan boshlaydi. 21 noyabrda esa Eron Toshkentda mehmon bo‘ladi. 3-turda esa vakillarimiz mart oyida Hongkongda mehmon bo‘lishadi.

JCH-2026 saralashi. 1-bosqich
Butan – Hongkong – 2:0
Birinchi o‘yin: 0:4

image