fbpx Betguru » JCH-2023 (U20). Argentina – O‘zbekiston ochilish o‘yinini fransiyalik hakam boshqaradi
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

JCH-2023 (U20). Argentina – O‘zbekiston ochilish o‘yinini fransiyalik hakam boshqaradi

20 may, shanba kunidan Argentinada start oladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati ochilish o‘yinida ishlaydigan hakamlar ma’lum qilindi.

Turnirning ochilish uchrashuvida O‘zbekiston yoshlar jamoasi mezbon Argentinaga qarshi jahon chempionatidagi (U20) ishtirokini boshlaydi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.

FIFA o‘yinni boshqaradigan rasmiylarni ham e’lon qildi. Uchrashuvda bosh hakam sifatida fransiyalik Fransua Leteksiye ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Siril Mune va Mehdi Rahmuni yordam beradi. Zaxiradagi hakam vazifasi esa Bou Abdulazizga (Janubiy Afrika) topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina — O‘zbekiston o‘rtasidagi JCH ochilish o‘yini shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi, 21 may soat 02:00 da boshlanadi.

image