fbpx Betguru » JCH-2023. Janubiy Koreya 95-daqiqadagi gol evaziga Nigeriyani mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘llanma oldi
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

JCH-2023. Janubiy Koreya 95-daqiqadagi gol evaziga Nigeriyani mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘llanma oldi

Argentinada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi JCH-2023ning yana bir yarimfinalchisi nomi ma’lum bo‘ldi.

Osiyoning yagona vakili bo‘lib turgan Janubiy Koreya 1/4 finalda Nigeriyaga qarshi maydonga tushib, qo‘shimcha bo‘limlardagi 95-daqiqada kiritilgan gol evaziga yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, koreyslar 8 iyun kuni Italiyaga qarshi final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi. So‘nggi yarimfinalchi nomi AQSH va Urugvay o‘rtasidagi bahsdan keyin ma’lum bo‘ladi.

JCH-2023 (U20). 1/4 final
Janubiy Koreya U-20 – Nigeriya U-20 1:0
Gol: 1:0 – 95 Choi.
Janubiy Koreya U-20 – Joon-Hong, Park, Kim (Hwang, 74), Choi, Bae (Choi, 74), Lee (Park, 61), Lee, Kang, Kim Yen Xak (Lee, 67), Kang (Bae, 46), Lee.
Nigeriya U-20 – Aniagboso, Bameyi, Ogwuche, Fredrick, Agbalaka, Exuva (John, 73), Nadi (Adeniran Lawal, 100), Demenenge Daga, Lawal (Emmanuel, 62), Sunday (Abdullahi, 100), Muhammad (Ibrahim, 62).

02:00. AQSH U-20 – Urugvay U-20.

image