fbpx Betguru » Ispaniya kubogi finali vaqtida Rodrigoning uyini tunab ketishdi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Ispaniya kubogi finali vaqtida Rodrigoning uyini tunab ketishdi

«Real» hujumchisi Rodrigoning Madriddagi uyiga o‘g‘rilik sodir bo‘ldi.

As xabariga ko‘ra, Rodrigo Ispaniya kubogi finali doirasida 6 may, shanba kuni «Osasuna»ga qarshi o‘ynayotgan paytda, uning Madriddagi uyini tunab ketishgan. Braziliyalik 22 yoshli futbolchi ota-onasi bilan yashayotgan uyda o‘sha paytda hech kim bo‘lmagan. Rodrigoning oila a’zolari ham finalni tomosha qilish uchun Sevilyaga yo‘l olgan. Politsiya hozirda jinoyatchilarni qidirmoqda. Zarar miqdori qancha ekani hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, finalda Rodrigoning dubli (2:1) «Real»ga Ispaniya kubogi g‘olibligini keltirdi.

image