fbpx Betguru » «Inter» prezidenti: «Indzagi — mendan yangi o‘yinchilar sotib olishni so‘ramagan yagona murabbiy»
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

«Inter» prezidenti: «Indzagi — mendan yangi o‘yinchilar sotib olishni so‘ramagan yagona murabbiy»

«Inter» prezidenti jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi bilan ishlash haqida gapirdi.

«Ko‘plab murabbiylar bilan ishlaganman, lekin sizni ishontirib aytamanki, Indzagi o‘zgacha. U har qanday vaziyatda juda xotirjam. Xotirjamlik esa aql bovar qilmaydigan fazilatdir.

U — mendan yangi o‘yinchilar sotib olib berishni so‘ramagan yagona murabbiy!» — dedi Stiven Chjan Chempionlar Ligasi yarimfinalidan so‘ng Sky Sport’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «neradzurri» hamshahari «Milan»ni (1:0, 2:0) mag‘lub etib, YeCHL finaliga chiqdi.

image