fbpx Betguru » Holand – APLda aprel oyining eng yaxshi o‘yinchisi
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

Holand – APLda aprel oyining eng yaxshi o‘yinchisi

Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti aprel oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «Manchester Siti» forvardi Erling Holand oy laureati deb topildi. Norvegiyalik hujumchi o‘tgan oyda 6ta gol va 2ta assist qayd etgandi.

Shuningdek, Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», 3 gol, 4 assist), Eberechi Eze («Kristal Pelas», 4 gol), Aleksander Isak («Nyukasl», 4 gol, 1 assist), Diogu Jota («Liverpul», 5 gol, 2 assist), Dominik Solanke («Bornmut», 3 gol, 3 assist), Olli Uotkins («Aston Villa», 5 gol, 1 assist) va Kallum Uilson («Nyukasl», 8 gol, 1 assist) singari o‘yinchilar nomzodlar qatoriga kiritilgandi.

image