fbpx Betguru » Gvardiola — transferlar uchun 2 mlrd yevro sarflagan birinchi murabbiy
Saturday, 18 May 2024
← Go to the news

Gvardiola — transferlar uchun 2 mlrd yevro sarflagan birinchi murabbiy

Pep Gvardiola transferlarga pul sarflash borasida rekord o‘rnatdi.

Yozgi transfer oynasidan so‘ng ispaniyalik mutaxassis futbolchilar sotib olishga 2 mlrd yevro sarflagan birinchi murabbiyga aylandi.

Pep «Barselona», «Bavariya» va «Manchester Siti»dagi faoliyati davomida 78 futbolchi bilan shartnoma imzolagan.

O‘tgan yozda «Siti» 241 mln yevro sarfladi va bu Gvardiolaga Joze Mourinoni (1,86 mlrd) ortda qoldirish imkonini berdi.

Transfermarkt hisob-kitoblariga ko‘ra, endi murabbiylar orasida transfer xarajatlari bo‘yicha top-10 quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Pep Gvardiola – 2,04 mlrd yevro, 78 o‘yinchi;
  2. Joze Mourino – 1,86 mlrd, 118 o‘yinchi;
  3. Karlo Anchelotti – 1,69 mlrd, 108 o‘yinchi;
  4. Massimilliano Allegri – 1,4 mlrd, 113 o‘yinchi;
  5. Diyego Simeone – 1,21 mlrd, 82 o‘yinchi;
  6. Manuel Pellegrini – 1,2 mlrd, 96 o‘yinchi;
  7. Tomas Tuxel – 1,19 mlrd, 71 o‘yinchi;
  8. Antonio Konte – 1,17 mlrd, 93 o‘yinchi;
  9. Maurisio Pochettino – 1,15 mlrd, 57 o‘yinchi;
  10. Yurgen Klopp – 1,13 mlrd, 85 o‘yinchi.
image