fbpx Betguru » Gvardiola — «Luton» ustidan g‘alaba va Holandning jarohati haqida
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

Gvardiola — «Luton» ustidan g‘alaba va Holandning jarohati haqida

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 16-turidan o‘rin olgan «Luton»ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Oxirgi bahslardagi voqealardan (4 o‘yinlik g‘alabasiz seriya) keyin ajoyib o‘yin. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida to‘p o‘tkazib yubordik – bu ajoyib sinov bo‘ldi va futbolchilar yaxshi munosabat ko‘rsatishdi.

Bu qiyinchilik. Yigitlar hali ham kurashda, ular jang qilishmoqda va o‘zlariga kerak bo‘lgan tarzda o‘ynashmoqda — bundan faxrlanaman.

Birinchi bo‘limda ancha yaxshi o‘ynadik, ammo bizga kerak bo‘lgan golni urolmadik.

Holandning jarohati? Uning qachon qaytishini bilmaymiz. Oyog‘ida muammolar bor, ko‘ramiz. Umid qilamanki, u klublar o‘rtasidagi jahon chempionatigacha tuzalib ketadi», — dedi «shaharliklar» ustozi Sky Sports efirida.

image