fbpx Betguru » Gvardiola APLda 4-bor mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Gvardiola APLda 4-bor mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Xosep Gvardiola Premer-ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi «Manchester Siti» qatorasiga 3-bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Gvardiola 4-marta APLda eng yaxshi murabbiyga aylandi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Joze Mourino va Arsen Vengerni ortda qoldirdi. Pep faqat 11 bor sovrinni qo‘lga kiritgan Aleks Fergyusondan ortda qolmoqda.

«Xursandman, bu — katta sharaf. Kelgusi mavsumda yana chempionlik uchun kurashamiz», — dedi «shaharliklar» bosh murabbiyi.

image