fbpx Betguru » «Granada» — «Atletik» o‘yini tribunada muxlis vafot etgani sababli to‘xtatildi
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

«Granada» — «Atletik» o‘yini tribunada muxlis vafot etgani sababli to‘xtatildi

La Liga o‘yini tribunadagi muxlisning yurak xuruji tufayli qoldirildi.

16-turdan o‘rin olgan «Granada» — «Atletik» bahsi 17-daqiqada to‘xtatildi. Muxlislardan birining yuragi to‘xtab qolgan. Mehmonlar darvozaboni Unai Simon nima bo‘lganini payqadi va o‘yinni to‘xtatishni so‘radi, shundan so‘ng har ikki jamoa shifokorlari jabrlanuvchiga yordam berish uchun tribunaga chiqishdi. Bellashuv to‘xtatilganidan 20 daqiqa o‘tgach, bosh hakam Migel Anxel Ortiz Arias jamoalarni kiyinish xonasiga olib ketdi.

Qayd etilishicha, jarohatlangan muxlisning ahvoli og‘ir bo‘lgan, uni tribunadan evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lishgan va o‘yinni davom ettirmaslikka qaror qilishgan.

Keyinchalik «Atletik» klubi muxlisning vafot etganini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, bahsda Bilbao klubi Inyaki Uilyamsning 6-daqiqadagi goli evaziga hisobni ochgandi

image