fbpx Betguru » Fransiya chempionati. «PSJ» yirik g‘alabaga erishib, peshqadamga aylandi
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

Fransiya chempionati. «PSJ» yirik g‘alabaga erishib, peshqadamga aylandi

Fransiya chempionati 9-turi doirasida «PSJ» yirik g‘alabaga erishdi.

Parij klubi o‘z maydonida «Strasbur»ni qabul qilib, Mbappe, Soler va Fabianning goli evaziga yirik hisobda zafar quchdi – 3:0.

Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlari 18 ochko bilan hozircha 1-o‘ringa ko‘tarildi. «Strasbur» esa 10 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Fransiya chempionati. 9-tur
PSJ – Strasbur 3:0
Gollar: 1:0 – 10, penalti Mbappe, 2:0 – 31 Soler, 3:0 – 77 Fabian Ruis.
PSJ – Donnarumma, Markinos, Danilu Pereyra, Ernandes (Mukiyele, 72), Fabian Ruis, Vitinya (Ndur, 82), Li Kan In, Soler (Kurzava, 82), Barkolya (Dembele, 66), Mbappe, Gonsalu Ramush (Kolo-Muani, 67).
Strasbur – Zels, Senaya, Nyamsi, Perren, Delen, Dukure, Mvanga (Sissoko, 85), Demenge (Anjelo Gabriel, 62), Diarra, Bakva, Motiba (Don, 73).

image