fbpx Betguru » Fransiya chempionati. «PSJ» «Trua»ni mag‘lub etib, ta’qibchisi bilan farqni 6 ochkoga yetkazdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Fransiya chempionati. «PSJ» «Trua»ni mag‘lub etib, ta’qibchisi bilan farqni 6 ochkoga yetkazdi

Fransiya chempionati 34-turi doirasida «PSJ» safarda «Trua» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvda Mbappe, Vitinya va Fabianning gollari parijliklarga safarda navbatdagi uch ochkoni keltirdi – 3:1. Messi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan edi.

Natijada, «PSJ» 78 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisiga aylangan «Lans»dan (72) ochkoga o‘zdi. «Marsel» hisobida 70 ochko mavjud.

Fransiya chempionati. 34-tur
Trua – PSJ 1:3
Gollar: 0:1 – 8 Mbappe, 0:2 – 59 Vitinya, 1:2 – 83 Shavaleren, 1:3 – 86 Fabian Ruis.
Trua – Gallon, Bruus (Balde, 68), Rami, Palmer-Braun, Bani-Zukru, Larusi (Yade, 81), Shavaleren, Agume (Kuame, 68), Balde, Odober, Ugbo (Roni Lopesh, 80).
PSJ – Donnarumma, Ramos, Markinos, Danilu Pereyra, Bernat, Zair-Emeri, Verratti (Sanshesh, 80), Fabian Ruis, Vitinya, Mbappe, Ekitik (Soler, 80).

image