fbpx Betguru » Fransiya chempionati. «PSJ» autsayder bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

Fransiya chempionati. «PSJ» autsayder bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi

Fransiyaning amaldagi chempioni «PSJ» 7-turda ham ochko yo‘qotdi.

Luis Enrike shogirdlari turnirda so‘nggi o‘rinni egallab turgan «Klermon» maydoniga safar qilib, nursiz durang qayd etdi – 0:0.

Shu tariqa, Parij klubi mavsumda 4 marta ochko yo‘qotishiga qaramay, 12 ochko bilan hozircha 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Klermon» esa 2 ochko bilan 17-o‘ringa chiqdi, «Lion» esa to‘plar nisbatiga ko‘ra so‘nggi o‘ringa tushdi.

Fransiya chempionati. 7-tur
Klermon – PSJ 0:0
Klermon – Diav, Konate, Kofriye, Pelmar, Seydu, Gonalon (Rashani, 69), Gasten, Manen (Keita, 90), Cham (Butobba, 84), Nikolson, Allevina (Zeffan, 84).
PSJ – Donnarumma, Xakimi, Markinos, Shkrinyar, Danilu Pereyra, Fabian Ruis, Vitinya (Zair-Emeri, 64), Dembele, Mbappe, Kolo-Muani, Barkolya (Gonsalu Ramush, 64).
Ogohlantirishlar: Gonalon (57), Zair-Emeri (74), Mbappe (81), Konate (90), Fabian Ruis (90).

image