fbpx Betguru » Fransiya chempionati. «Lans» yirik g‘alabaga erishib, 9-o‘ringa ko‘tarildi
Monday, 6 May 2024
← Go to the news

Fransiya chempionati. «Lans» yirik g‘alabaga erishib, 9-o‘ringa ko‘tarildi

Fransiya chempionati 10-turi doirasida «Lans» yirik g‘alabaga erishdi.

O‘z maydonida «Nant»ni qabul qilgan lansliklar javobsiz to‘rtta gol urishdi – 4:0. Shu kuni Abduqodir Husanov zaxirada qoldi.

Shu tariqa, «Lans» 12 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi. «Nant» 14 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Qayd etish joiz, «Lans»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi jami 8 o‘yinga yetdi.

Fransiya liga 1. 10-tur

Lans – Nant 4:0

Gollar: 1:0 – 27, penalti Sotoka, 2:0 – 58 Medina, 3:0 – 72, penalti Sotoka, 4:0 – 89 El-Enaui.

Lans – Samba, Agilyar, Gradi, Danzo, Medina, Machado (Aydara, 69), Tomasson (Fyuljeni, 77), Abdul-Samed, Diuf (El-Enaui, 78), Sotoka (Kortes, 84), Vai (Gilavogi, 69).

Nant – Lafon, Kastelletto, Djemert, Dyuvern, Merlen (Xadjam, 81), Molle, Chirivelya, Mutussami (Sissoko, 81), Koko (Adson, 72), Saymon (Bamba, 60), Ablin (Muhammad, 60).

image