fbpx Betguru » Eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilar e’lon qilindi — Ronaldu birinchi (top-11)
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

Eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilar e’lon qilindi — Ronaldu birinchi (top-11)

Krishtianu Ronaldu eng ko‘p daromad oluvchi futbolchi deb topildi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/24 yilgi mavsumda «An Nasr» forvardi reklamalardan tushgan daromadni qo‘shganda 260 mln dollar oladi. Bu ikkinchi o‘rindagi Lionel Messining daromadidan deyarli ikki barobar ko‘p.

Eng yuqori daromadga ega 11 futbolchi quyidagilar:

  1. Krishtianu Ronaldu («An Nasr») – 260 mln dollar (sportda – 200 mln, sportdan tashqarida – 60 mln);
  2. Lionel Messi («Inter Mayami») – 135 mln dollar (65+70 mln);
  3. Neymar («Al Hilol») – 112 mln dollar (80+32 mln);
  4. Kilian Mbappe («PSJ») – 110 mln dollar (90+20 mln);
  5. Karim Benzema («Al Ittihod») – 106 mln dollar (100+6 mln);
  6. Erling Holand («Manchester Siti») – 58 mln dollar (46+12 mln);
  7. Muhammad Saloh («Liverpul») – 53 mln dollar (35+18 mln);
  8. Sadio Mane («An Nasr») – 52 mln dollar (48+4 mln);
  9. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 39 mln dollar (35+4 mln);
  10. Harri Keyn («Bavariya») – 36 mln dollar (26+10 mln);
  11. Robert Levandovski («Barselona») – 34 mln dollar (24+10 mln).
image