← Go to the news
                 
                
                    
                        
                            
                        
                             
                    
                    
                
            
            
                
    
    
            
         
                
                            18.10.2023
                                                                  1545
                                    
                            Futbol
                        Eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilar e’lon qilindi — Ronaldu birinchi (top-11)
Krishtianu Ronaldu eng ko‘p daromad oluvchi futbolchi deb topildi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/24 yilgi mavsumda «An Nasr» forvardi reklamalardan tushgan daromadni qo‘shganda 260 mln dollar oladi. Bu ikkinchi o‘rindagi Lionel Messining daromadidan deyarli ikki barobar ko‘p.
Eng yuqori daromadga ega 11 futbolchi quyidagilar:
- Krishtianu Ronaldu («An Nasr») – 260 mln dollar (sportda – 200 mln, sportdan tashqarida – 60 mln);
- Lionel Messi («Inter Mayami») – 135 mln dollar (65+70 mln);
- Neymar («Al Hilol») – 112 mln dollar (80+32 mln);
- Kilian Mbappe («PSJ») – 110 mln dollar (90+20 mln);
- Karim Benzema («Al Ittihod») – 106 mln dollar (100+6 mln);
- Erling Holand («Manchester Siti») – 58 mln dollar (46+12 mln);
- Muhammad Saloh («Liverpul») – 53 mln dollar (35+18 mln);
- Sadio Mane («An Nasr») – 52 mln dollar (48+4 mln);
- Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 39 mln dollar (35+4 mln);
- Harri Keyn («Bavariya») – 36 mln dollar (26+10 mln);
- Robert Levandovski («Barselona») – 34 mln dollar (24+10 mln).
 
                 Deutsch
Deutsch English
English France
France Russian
Russian Turkey
Turkey Uzbekistan
Uzbekistan