fbpx Betguru » Dias otasi ozod qilinishidan keyin ilk marta uchrashdi
Thursday, 9 May 2024
← Go to the news

Dias otasi ozod qilinishidan keyin ilk marta uchrashdi

«Liverpul» vingeri Luis Dias FIFA kunlari doirasida Kolumbiyaga kelib, milliy jamoasi safiga qo‘shildi.

Kolumbiyalik futbolchi Barrankilya shahrida bo‘lib, yaqinda jinoyatchilar qo‘lidan ozod etilgan otasi bilan uchrashdi. Kolumbiya milliy jamoasi matbuot xizmati ota va o‘g‘ilning suratini e’lon qildi.

Luisning otasi Manuel Dias 28 oktyabr kuni Guaxirada o‘zini «milliy ozodlik armiyasi» deya atagan jinoyi guruh tomonidan o‘g‘irlangani ma’lum qilingandi. 13 kunlik asirlikdan so‘ng Manuel jinoyatchilar qo‘lidan ozod etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Luis Dias «Luton»ga qarshi o‘yinda gol kiritib, libosidagi yozuvlar orqali otasini ozod etishni so‘ragandi.

image