fbpx Betguru » Bundesliga. «Borussiya» «Hoffenhaym»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Borussiya» «Hoffenhaym»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Bundesliga 6-turi doirasidagi bahslarga start berildi.

«Hoffenhaym» maydoniga safar qilgan «Borussiya» klubi g‘alaba bilan qaytdi – 3:1. Fyullkrug, Roys va Ryuersonning gollari Dortmund jamoasiga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi.

Shu tariqa, Dortmund klubi 6 o‘yindan keyin 14 ochko bilan hozircha peshqadamga aylandi. «Bavariya» esa 13 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan. Myunxen jamoasi shanba kuni «Leypsig» mehmoni bo‘ladi.

Bundesliga. 6-tur

Hoffenhaym – Borussiya D 1:3

Gollar: 0:1 – 18 Fyullkrug, 1:1 – 25, penalti Kramarich, 1:2 – 45 Roys, 1:3 – 90 Ryuerson.

Hoffenhaym – Baumann, Fogt, Bruks (Bisxof, 84), Kabak, Grillich, Premel (Berisha, 68), Shtax, Bebu, Kramarich (Beker, 87), Bayer (Yustvan, 84), Skov (Byulter, 68).

Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Xummels, Shlotterbek, Bensebayni, Roys (Volf, 80), Brandt (Adeyemi, 64), Ozdjan, Nmecha (J16an, 69), Malen (Zyule, 80), Fyullkrug (Aller, 80).

Chetlatish: Bensebayni (71).

image