fbpx Betguru » Bundesliga. «Bavariya» «Leypsig» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Bavariya» «Leypsig» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Bundesliga 6-turining markaziy o‘yini yakuniga yetdi.

«Bavariya» safarda «Leypsig» mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Openda va Lukebaning 1-taymdagi golidan so‘ng Keyn 57-daqiqada penaltidan, Sane esa 70-daqiqada gol kiritib, muvozanatni tikladi – 2:2.

Shu tariqa, «Bavariya» 14 ochko bilan 3-o‘ringa tushdi. «Leypsig» 13 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga. 6-tur

RB Leypsig – Bavariya 2:2
Gollar: 1:0 – 20 Openda, 2:0 – 26 Lukeba, 2:1 – 57, penalti Keyn, 2:2 – 70 Sane.
RB Leypsig – Blasvix, Xenrixs (Klostermann, 87), Lukeba, Simakan, Raum, Kampl (Zayvald, 64), Forsberg (Baumgartner, 72), Shlager, Simons, Poulsen (Sheshko, 72), Openda (Karvalyu, 86).
Bavariya – Ulrayx, Upamekano, Kim Min Chje, Devis, Goretska (Gerreyru, 46), Kimmix, Laymer, Koman (Tel, 46), Sane, Musiala (Shupo-Moting, 87), Keyn.
Ogohlantirshlar: Keyn (38), Ulrayx (44), Upamekano (51), Simakan (54), Lukeba (64), Musiala (72)

image