fbpx Betguru » Bellinghem – favorit, Ronaldu top-15likda, Messi 19-o‘rinda. Goal «Oltin to‘p»-2024 reytingini tuzdi
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

Bellinghem – favorit, Ronaldu top-15likda, Messi 19-o‘rinda. Goal «Oltin to‘p»-2024 reytingini tuzdi

Goal nashri «Oltin to‘p»-2023 marosimidan keyin 2024 yilgi sovrin uchun da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2024 yilgi sovrin uchun hozirda «Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghem favorit sanalmoqda. Erling Holand va Kilian Mbappe uchlikdan o‘rin olgan. 38 yoshli Krishtianu Ronaldu 15-o‘rinda, Lionel Messi esa 19-o‘rinda qayd etilgan.

«Oltin to‘p»-2024 uchun da’vogarlar top-20ligi bilan tanishing (Goal talqini):

  1. Son Hyon Min («Tottenhem»);
  2. Lionel Messi («Inter Mayami»);
  3. Viktor Osimhen («Napoli»);
  4. Deklan Rays («Arsenal»);
  5. Leroy Sane («Bavariya»);
  6. Krishtianu Ronaldu («An-Nasr»);
  7. Robert Levandovski («Barselona»);
  8. Djamal Musiala («Bavariya»);
  9. Lautaro Martines («Inter»);
  10. Antuan Grizmann («Atletiko»);
  11. Bernardu Silva («Manchester Siti»);
  12. Bukayo Saka («Arsenal»);
  13. Vinisius Junior («Real»);
  14. Xulian Alvares («Manchester Siti»);
  15. Rodri («Manchester Siti»);
  16. Muhammad Saloh («Liverpul»);
  17. Harri Keyn («Bavariya»);
  18. Erling Holand («Manchester Siti»);
  19. Kilian Mbappe («PSJ»);
  20. Jud Bellinghem («Real»).

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Messi faoliyatida 8-marta ushbu sovringa ega chiqdi.

image