fbpx Betguru » APL. «Tottenhem» «Nyukasl»ni yirik hisobda yengdi, Risharlisonda dubl, Sonda 1+2
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

APL. «Tottenhem» «Nyukasl»ni yirik hisobda yengdi, Risharlisonda dubl, Sonda 1+2

Angliya chempionatining 16-turida «Tottenhem» o‘z maydonida «Nyukasl»ni yirik hisobda yengdi. Mezbonlardan Risharlison dublga erishgan bo‘lsa, Son gol va 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

5 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ygan «shporlar» ochkolarini 30taga yetkazib, 5-o‘rinni mustahkamlab olishdi. Qatorasiga ikkinchi yirik mag‘lubiyatni qabul qilib olgan «Nyukasl» 26 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.

APL. 16-tur
Tottenhem — Nyukasl 4:1
10 dekabr, «Tottenhem Stedium»
Gollar: Udoji (26), Risharlison (38, 60), Son (85, penalti) — Joelinton (90+2).
Tottenhem – Vikario, Porro, Devis, Romero, Udoji, Bissuma (Xil, 86), Kulusevski, Sarr (Hyoyberg, 73), Son (Donli, 90+1), Jonson (Skipp, 86), Risharlison (Lo Chelso, 73).
Nyukasl – Dubravka, Trippiyer (Kraft, 86), Sher, Lassels, Livramento (Holl, 74), Gimaraes, Mayli, Almiron (Longstaff, 64), Joelinton, Gordon (Ritchi, 74), Isak (Uilson, 64).

image