fbpx Betguru » APL. «Tottenhem» Matipning 90+6-daqiqadagi avtogoli evaziga 9 kishi bo‘lib qolgan «Liverpul»ni mag‘lub etdi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

APL. «Tottenhem» Matipning 90+6-daqiqadagi avtogoli evaziga 9 kishi bo‘lib qolgan «Liverpul»ni mag‘lub etdi

APL 7-turi doirasidagi markaziy o‘yinda «Tottenhem» «Liverpul»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda Son Hyon Min 36-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqada Gapko hisobni tenglashtirdi. Ungacha 26-daqiqada Jons, 69-daqiqada esa Jota maydondan chetlatilgach, Klopp shogirdlari o‘yinning qolgan qismini maydonda 9 kishi bo‘lib o‘tkazishdi.

90+6-daqiqaga kelib mezbonlar g‘alabani ilib ketishdi. Matip hujumni qaytarish chog‘ida o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi – 2:1.

Shu tariqa, «Tottenhem» 17 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Liverpul» 16 ochko bilan 4-o‘rindan joy olgan.

APL. 7-tur
Tottenhem – Liverpul 2:1
Gollar: 1:0 – 36 Son Hyon Min, 1:1 – 45 Gakpo, 2:1 – 90+6 Matip avtogol.
Tottenhem – Vikario, Porro, Romero, van de Ven, Udodji (Devis, 83), Meddison (Velis, 90), Bissuma (Xeyberg, 90), Kulusevski, Sarr (Skipp, 83), Son Hyon Min (Solomon, 69), Risharlison.
Liverpul – Alisson, Gomes (Konate, 73), Matip, van Deyk, Robertson, Soboslai, Mak Allister (Gravenberx, 80), Djons, Saloh (Aleksander-Arnold, 74), Dias (Endo, 73), Gakpo (Diogu Jota, 46).
Ogohlantirishlar: Mak Allister (40), Udodji (45), Saloh (65), Diogu Jota (68), Robertson (87), Bissuma (88), Romero (89), van Deyk (90).
Chetlatish: Jons (26), Diogu Jota (69).

image