fbpx Betguru » APL. «Tottenhem» dramatik derbida «Chelsi»dan mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

APL. «Tottenhem» dramatik derbida «Chelsi»dan mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Angliya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Chelsi» London derbisida «Tottenhem» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Kulusevskining tezkor goliga Palmer va Jekson (3ta) javob berishdi.

Bellashuv keskin kurashlarga va hisoblanmagan gollarga boy bo‘ldi. VAR aralashuvi orqali jamoalarning 2tadan goli bekor qilindi. Shuningdek, «shporlar» himoyachisi Romero chetlatilib, penalti belgilandi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Udojiga ham qizil kartochka ko‘rsatilgach, Postekoglu jamoasi 9 kishi bo‘lib qoldi va «ko‘klar» Jeksonning het-trigi evaziga yirik hisob qayd etishdi.

Shu tariqa Premer-ligada yutqazmagan jamoa qolmadi.

«Tottenhem» 26 ochko bilan 2-pog‘onada qoldi va «Man Siti»ni (27) o‘tkazib yubordi. «Chelsi» ochkolarini 15taga yetkazib, 10-o‘ringa ko‘tarildi.

APL. 11-tur
Tottenhem — Chelsi 1:4
6 noyabr, «Tottenhem Stedium»
Gollar: Kulusevski (6) — Palmer (35, penalti), Jekson (75, 90+4, 90+7).
Tottenhem – Vikario, Porro, Romero, van de Ven (Hyoyberg, 45+1), Udoji, Meddison (Emerson, 45+1), Bissuma, Kulusevski (Skipp, 61), Sarr (Bentankur, 61), Son, Jonson (Dayer, 34).
Chelsi – Sanches, Jeyms (Gyusto, 77), Silva, Disasi, Koluill (Kukurelya, 46), Gallaher, Fernandes (Mudrik, 58), Palmer, Kaysedo, Sterling (Ugochukvu, 90+1), Jekson.
Ogohlantirishlar: Udoji (18), Jekson (45+10), Sarr (45+10), Koluill (45+10), Gyusto (86), Mudrik (89), Ugochukvu (90+4).
Chetlatishlar: Romero (33), Udoji (55).

image