fbpx Betguru » APL. «Nyukasl» «Lids» bilan bahsda ochko yo‘qotdi
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

APL. «Nyukasl» «Lids» bilan bahsda ochko yo‘qotdi

APL 36-turi doirasidagi dastlabki uchrashuv yakuniga yetdi.

Ligada qolish uchun kurashayotgan «Lids» o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qilib, durang qayd etdi – 2:2. Mehmonlardan Uilson penaltidan ikkita gol kiritdi.

Shu tariqa, «Nyukasl» 66 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Sem Ellardays murabbiyligidagi «Lids» 31 ochko bilan 18-o‘ringa ko‘tarilib, ligada qolish uchun kurashni davom ettiradi.

APL. 36-tur
Lids – Nyukasl 2:2
Gollar: 1:0 – 7 Eyling, 1:1 – 31, penalti Uilson, 1:2 – 69, penalti Uilson, 2:2 – 79 Kristensen.
Lids – Robles, Eyling, Veber, Kristensen, Firpo, Kox, Makkenni, Xarrison (Nonto, 64), Rodrigo (Aaronson, 87), Bemford (Streyk, 90), Grinvud (Forshou, 46).
Nyukasl – Poup, Tripper, Sher, Botman, Bern, Bruno Gimaraes, Uillok (Anderson, 87), Almiron (Gordon, 73), Joelinton, Uilson (Sen-Maksimen, 73), Isak.
Ogohlantirishlar: Bruno Gimaraes (57), Firpo (59), Nonto (68), Robles (69), Uilson (72), Bemford (90).
Chetlatish: Firpo (90).
Noaniq penalti: Bemford, 26 (L)

image