fbpx Betguru » APL. «Nyukasl» «Brayton»ni yirik hisobda yengib, YeCHL sari yaqinlashdi
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

APL. «Nyukasl» «Brayton»ni yirik hisobda yengib, YeCHL sari yaqinlashdi

Angliya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda top-4 uchun kurashayotgan «Nyukasl» va «Brayton» o‘zaro to‘qnash kelishdi. Unda mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

«Nyukasl» ochkolarini 69taga yetkazib, 3-o‘rinni mustahkamladi. Eddi Hau jamoasi qolgan ikki o‘yinda «Lester» yoki «Chelsi»dan birini mag‘lub etsa ham, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi. «Brayton» esa 58 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.

APL. 25-tur
Nyukasl — Brayton 4:1
18 may, «Sent-Jeyms Park»
Gollar: Undav (22, avtogol), Bern (45+4), Uilson (90), Gimaraes (90+1) — Undav (51).
Nyukasl – Poup, Tripper (Mankilo, 90+5), Sher, Botman, Bern, Bruno Gimaraes, Uillok (Anderson, 61), Almiron (Sen-Maksimen, 90+4), Joelinton (Targett, 90+5), Uilson, Isak (Gordon, 90+4).
Brayton – Stil, Dank, van Xekke, Estupinyan, Gross (Offia, 69), Gilmur (Mak Allister, 56), Mitoma, Buonanotte (Ensiso, 56), Kaysedo, Uelbek (Fergyuson, 56), Undav (Pyupion, 85).
Ogohlantirishlar: Gimaraes (30), Undav (45), Sher (45), Gross (57), Mak Allister (64), van Xekke (80).

image